11-14 iyun kunlari Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Niğmatulla Yöldoşev boşçiligidagi Özbekiston Respublikasi parlamenti delegatsiyasi taşrif bilan Belarus Respublikasida böladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.
Taşrif doirasida ikki tomonlama munosabatlar hamda parlamentlararo hamkorlikni, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilinişi möljallangan.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengaşi örtasida hamkorlik töğrisidagi Memorandum imzolanişi, ikki mamlakat işbilarmon doiralari vakillari iştirokida davra suhbati ötkazilişi rejalaştirilgan.












