Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilişiça, Moskva Vaşington bilan munosabatlarni normallaştirişga tayyor. Bu haqda Putin «Vesti v subbotu» dasturiga bergan intervyusida aytib ötdi.
Uning eslatişiça, AQŞ prezidenti Donald Trampning saylovoldi va'dalaridan biri aynan Rossiya-Amerika munosabatlarini yaxşilaş bölgan.
Rossiya rahbarining sözlariga köra, Tramp bilan xalqaro maydonçalardagi uçraşuvlar ikki tomonlama munosabatlarga yetarli e'tibor qaratiş imkonini bermayapti.
«Men şuni aytmoqçimanki, biz Qöşma Ştatlar bilan munosabatlarni rivojlantiriş va çuqurlaştiriş, normallaştirişga tayyormiz. Vositalar turliça bölişi mumkin, jumladan, şaxsiy uçraşuvlar orqali ham», - deya ta'kidlab ötdi Putin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Putin Avstriya kansleriga iltimos bilan çiqqani xabar berilgandi.

















