«Liverpul» klubi va Misr terma jamoasi hujumçisi Muhammad Saloh «Real» sardori Serxio Ramosning sözlariga izoh berdi.

Eslatib ötamiz, misrlik futbolçi Çempionlar Ligasi finalidan örin olgan «Real» - «Liverpul» (3:1) öyinida, Ramos bilan kuraşdan söng, jarohat olgan edi. Keyinçalik, ispaniyalik Saloh birinçi bölib uning qölini uşlab olganini aytgandi.

«Ramosning izohi? Bu kulgili. Oldin seni yiğlaşga majbur qilgan inson keyinçalik kuldirmoqda, bu har doim yoqimli. Balki u menga jahon çempionatiga qadar soğayib ketamanmi yoki yöqmi, şu haqda aytib berar? U menga xabar yozdi, biroq, unga hammasi joyida deb heç qaçon aytmaganman. 

Bu holatda qoida buzilganmidi? Bilmayman. Yerga yiqilganimda jismoniy oğriq va xavotirlar tölqini ostida qoldim. Çempionlar Ligasi finalini tugatolmaganimdan jahlim çiqdi va çuqur afsuslandim.

Ammo, hozir ahvolim yaxşi. Umid qilamanki, Urugvayga qarşi ilk öyinda maydonga tuşaman. Hammasi bahsdan oldingi ahvolimga boğliq böladi» - deb Saloh sözlarini keltirmoqda Mirror.