Laqabi: "Oq burgutlar" Konfederatsiya: UYeFA Libos rangi: oq/qizil FIFA reyting örni: 8 Jahon çempionati: 3 örin (1974, 1982) Yevropa Çempionati: Çorak final (2016) Olimpiada öyinlari: Çempion (1972) Jamoa sardori: Robert Levandovski Terma jamoa tarixidagi eng köp gol urgan: Robert Levandovski (62) Terma jamoa tarixida eng köp maydonga tuşgan: Mixail Zevlakov (102) Eng yirik ğalaba: San Marino - 10:0 (2009) Eng yirik mağlubiyat: Daniya 0:8 (1948)
Polşaning futboldagi nurli yillari 70-yillarga töğri keladi. Ikkinçi jahon uruşidan söng ilk bora 1974 yilgi mundial yöllanmasini qölga kiritgan polşaliklar u yerda bronza medalini qölga kiritgandilar. Öşa çempionatdan ikki yil oldin Polşa olimpiadada oltin medallarni qölga kiritganini ham eslab ötiş kerak.
Dastlabki bosqiçda Argentina va Italiya kabi kuçli terma jamoalar bilan bir guruhda töp surgan Polşa yuz foizlik natija körsatgandi. Haiti ustidan qozonilgan 7:0 hisobidagi ğalaba esa, jahon çempionatlari tarixidagi eng yirik hisoblar qatoriga kiradi.
Final yöllanmasini beradigan sönggi bosqiçda ham Polşa yomon öynamadi. Bu safar Şvetsiya va Yugoslaviya kabi kuçli terma jamoalar mağlub etildi. Faqat nemislarga qarşi öyinda raqib hujumçisi Gerd Myullerning goli bölajak çempion GFR ga final yöllanmasini taqdim etdi. Polşa esa, uçinçi örin uçun bahsda Braziliyani tiz çöktirişgani alohida e'tirofga arziydi.
Mavzuga oid
Foto: Wikipedia
Öşa mundial haqida gap borganda, köpçilik, finalda ham hal qiluvçi golni urgan Gerd Myullerni eslaşadi. Ammo ta'kidlaş kerakki, öşa çempionat Oltin butsasi Polşa terma jamoasi hujumçisi Gjyegoj Lyatoga tekkan. U 7 marotaba raqib darvozasini aniq nişonga olgandi. Ikkinçi örin ham Lyatoning hujumdagi şerigi Andrej Şarmaxga nasib etadi. Haiti darvozasiga xet trik qayd etgan Şarmax çempionat davomida hammasi bölib beş gol urgandi.
Argentinada ötgan 1978 yilgi jahon çempionatida ham Polşa kuçli sakkiztalikka kira oldi. U paytlarda pley-off bölmas, sakkiz jamoa ikki guruhga bölinib bir-biri bilan öynab çiqar, guruh ğoliblari finalga çiqardilar. Qiziği, A guruhida tört Yevropa terma jamoasi joy oldi, Polşa esa, mezbon qit'a bölmiş Janubiy Amerikaning uç vakili bilan bir guruhda joylaşdi. Polşaning kuçi Peruga yetgan bölsa-da, Argentina va Braziliya kuçlilik qildi.
JÇ-1982 da ham, yana bir yulduz Zbignev Bonekni kaşf qilgan Polşa final ostonasiga bordi va bu safar ham faqat bölajak çempion "yöltösarlik" qildi. Italiya va Polşa aslida uşbu çempionatning ilk öyinida ham töqnaşişgan va öyinda hisob oçilmagandi. Hatto öşa guruhni Italiya emas, Polşa ğolib sifatida yakunlagandi. Keyinçalik, 12 jamoa 3 tadan 4 guruhga bölindilar. Polşa sobiq Ittifoq va Belgiya bilan bir guruhda töp surib yana ğolib böldi va yarim finalga çiqdi. U yerda, endi, har doimgidek hal qiluvçi öyinlargaça kuçayib boradigan Italiya "qahramonlarimiz"ga imkoniyat qoldirmadi. Rossining ikki goli "keksa senora"ga final eşiklarini oçdi.
Keyingi çempionatda Polşa faqat eng yaxşi uçinçi örinlardan biri sifatida nimçorak finalga çiqqan va u yerda Braziliyaga 0:4 hisobida yengilgan bölsa-da, keyingi uç mundialda terma jamoa katta musobaqalarga çiqa olmagani bois, köp eslab yurilgani tabiiy. 2002 va 2006 yillarda nihoyat Polşa final bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi, ammo bu safargi Polşa öşa har qanday raqibga qarşi kuçli öyin körsatadigan, yuqori örinlar uçun kuraşib boradigan emas, köproq, qatnaşişning özini yutuq deb hisoblaydigan autsayder jamoa edi. Har ikki turnirda ham Polşa bittadan ğalaba qozonib, guruhda qolib ketaverdi.
Ammo 1972 yilgi olimpiada keyingi mundiallar uçun qay darajada poydevor bölsa, bugungi Polşa haqida gap borganda, Yevro-2016 dagi öyinlar optimistik qaraşlarga sabab bölyapti. Aslida, Yevropani zir titratib yurgan yillari Dortmundning "Borussiya" klubida uç nafar polşalik futbolçilarning borligi terma jamoada ham muvaffaqiyatlarga asosiy faktor bölişini kutilgan bölişi tabiiy. Terma jamoa Yevropa çempionatlarida ham muntazam iştirok etişni boşladi. Lekin yaxşi natija keyinroq, Fransiya maydonlarida röy berdi.
Germaniya bilan bir guruhdan joy olgan Polşa, guruh ğolibligini ham bölişib oldi. Şimoliy Irlandiya va Ukrainaga qarşi öyinlarni Polşa bir xil - 1:0 hisobida ğalaba bilan yakunladi. Germaniya bilan öyinda hisob oçilmadi va polyaklar guruh bosqiçini birorta ham gol ötkazmay yakunlaşdi. Umuman öşa turnirni Polşa mağlubiyatsiz yakunladi. Avvaliga nimçorak finalda Şveytsariya, çorak finalda Portugaliya bilan öyinlar 1:1 hisobida tugadi Faqat, sezib turganingizdek, dastlabki öyinda penaltilar seriyasida Polşaga omad kulib boqqan bölsa, keyingisida raqibning omadi çopdi. Polşa yana bölajak çempionga mağlubiyatga uçradi.
BUGUNGI POLŞA
Bugungi Polşa ham öşa ikki yil oldingi jamoaning asosiga ega, ya'ni bu jamoa ustidan ğalaba qozoniş oson emas. Tarkibdagi 10 dan ortiq futbolçilar kamida beş yildan beri muntazam terma jamoaga jalb qilinib kelinmoqda, demak tajriba borasida muammo yöq. Tarkibda klublar miyoqsida ham közga köringan futbolçilar töp suradi.
"Dortmund uçligi" hozirda turli klublarda töp sursa-da. terma jamoada bu trio saqlanib qolgan. Himoyada Pişçek, yarim himoyada Blaşçikovski va hujumda Levandovski terma jamoaning asosiy qurollaridir. Ayniqsa, Levandovski yanada tajriba töpladi va sportçining eng mukammal davriga yetib keldi. 21 yoşida Bundesligaga taşrif buyurgan Levandovskiga haligaça u yerda munosib raqobatçi topilmayapti.
Levandovskining hujumdagi şerigi Arkadiuş Milik Yevro-2016 ga "Ayaks" hujumçisi sifatida taşrif buyurgan va köpçilikning e'tiborini tortgandi. Öşa musobaqadan keyin u "Napoli"ga transfer qilindi, ammo ilk mavsumda olingan oğir jarohat hujumçining ösişiga tösqinlik qildi. Lekin hozir hammasi joyida, Milik va uning klubdoşi Petr Zelinskiy "Napoli" tarkibida har öyinda maydonga tuşişmasa-da, muhim futbolçi sanalişadi.
Robert Levandovski
Foto: Getty Images
Zelinskiy, Blaşçikovski kabi futbolçilar köproq hujumni taşkil qilişga javob berişsa, himoyaga, raqibning hujumlarini buzişga qaratilgan markazdagi asosiy kuç Gjyegoj Krixovyakdir. "Sevilya" tarkibida ikki marta Yevropa Ligasini yutgan futbolçi "PSJ"ning e'tiboriga tuşganidan xabaringiz bor. U Parijda tarkibga kira olmay, sönggi mavsumda APL da ijara asosida ötkazgan bölsa-da, Polşa terma jamoasining yetakçilaridan biridir.
Himoyadagi assiy qörğon Kamil Glik bir qator Yevropa top klublari tomonidan haligaça kuzatilib kelinadi. Futbolçi 30 yoşga kirgan bölsa-da, agar jamoa qisqa vaqt içida işonçli himoyaçiga ega bölişni istaganda, uning varianti tez tilga olinadi. "Mançester Yunayted" ham, "Yuventus" ham Glikni nomzod sifatida e'tiborga olişgan. "Torino"ni "Monako"ga almaştirgan Glik Fransiyada ham yöqolib qolmadi va jamoaning aossiy himoyaçisiga aylangandi.
Mamlakatda doimo kuçli darvozabonlar bölgan. Bugungi Polşa ham mustasno emas - teng kuçli ikki darvozabonga ega. Lukaş Fabianski "Suonsi" bilan APL ni tark etgan bölsa-da, ötgan mavsumning eng yaxşi darvozabonlaridan biriga aylandi, seyvlar böyiça Angliyada yetakçi böldi. Voysex Şçesni esa, kimsan Janluiji Buffonning örinbosaridir. Buffonsiz qolgan "Yuventus" yangi darvozabon uçun u qadar şoşilmayotganini inobatga olsak va Şçesni haqidagi Buffonning iliq fikrlarini eslasak, Polşaning 1-raqamiga aynan u haqli ekanini tan olamiz.
Hujumçilar: David Kovnatski («Sampdoriya»), Robert Levandovski («Bavariya»), Arkadiuş Milik («Napoli»), Lukaş Teodorçik («Anderlext»).
MURABBIY
Adam Navalka 1957 yilda tuğilgan. Öz vaqtida Polşa terma jamoasi safida töp surgan va JÇ-1978 da iştirok etgan. Ammo uning murabibylik faoliyati 2013 yilgaça ança kamtarona keçayotgandi.
"Gurnik" klubida yuqori ligaga olib çiqqan Navalkani JÇ-2014 saralaşida muvaffaqiyatsizlikka uçragan terma jamoaga çaqirişadi. Mavsum oxirigaça "Gurnik"da qolişga va'da bergan Adam, baribir, yakunda klubni tark etdi va Polşa boş murabbiyiga aylandi.
Adam Navalka qöl ostida Polşaning natijalari ijobiy tomonga özgarib, barqarorlaşa boşladi. Avvaliga Yevro-2016 ga yöllanma olindi va u yerda ham munosib qatnaşildi. Keyin esa, 12 yillik tanaffusdan söng, navbatdagi jahon çempionati yöllanmasi qölga kiritildi.
Adam Navalka
Foto: Wikipedia
Aytiş kerakki, Polşaning saralaş guruhida yaqqol top terma jamoalar bölmasa-da, öziga yaraşa murakkab guruh edi va yöllanma uçun kuraşuvçi jamoalar köp edi. Daniya, Çernogoriya, Ruminiya terma jamoalari muntazam ravişda saralaşlarda xavfli raqib sanaladilar va bu uşbu saralaşda ham isbotlandi. Faqat ular özaro raqobat qildilar, Polşa saralaşni bir tekisda ötkazib, muddatidan oldin ğolib sifatida yakunladi. 7-turda Daniyadagi öyindagi xunuk (0:4) mağlubiyatni aytmasa, Polşa deyarli barça öyinni öz foydasiga hal qildi.
Muhimi, Adam Navalka davrida terma jamoa yetakçilari, ayniqsa, Robert Levandovski yanada kuçli öyin körsata boşlagani e'tirofga molikdir. Levandovski saralaşdagi 10 öyindan 9 tasida maydonni golsiz tark etmadi, hammasi bölib, 16 gol urib, saralaş bosqiçining töpurariga, Polşa terma jamoasi tarixida eng köp gol urgan futbolçiga aylandi.
JÇ-2018
N guruhidagi dastlabki öyinni Polşa 19 iyun kuni Senegalga qarşi ötkazadi. Öyin Moskvada böladi. Keyingi uçraşuv Qozonda, 24 iyun kuni Kolumbiyaga qarşi ötadi. Sönggi turda esa, polşaliklar qit'adoşlarimiz Yaponiyaga qarşi saf tortadilar. Uçraşuv 28 iyun kuni Volgogradda ötişi belgilangan.
E'tibor bergan bölsangiz, jahon çempionatida ham Polşaga xuddi saralaş bahslaridek raqiblar tuşgan. Yaqqol top jamoa yöq, ammo har biri guruhdan çiqiş uçun yaxşi imkoniyatga ega. Ya'ni Polşa har bir öyinda 1:0 hisobida ğalaba qozonişi ham, hamda öyinni 0:1 hisobida yutqazişi ham mumkin.