Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 9 iyun kuni “YuNeSKOning Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan Özbekiston Respublikasidagi hududlarni muhofaza qiliş töğrisida”gi 435-sonli qarorni qabul qildi.

Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qiliş töğrisidagi konvensiya 1995 yilning 22 dekabrida Özbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan. Konventsiya doirasida Xiva şahridagi “Içan-qal'a”, “Samarqand – madaniyatlar çorrahasi” obekti, Buxoro va Şahrisabz tarixiy markazlari hamda Çotqol biosferasi (tabiiy meros) Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan.

Foto: turizm.uz

Qarorga muvofiq, Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahrining tarixiy markazida keng kölamda quriliş va obodonlaştiriş işlarini olib borişda Konventsiya va uni amalga oşiriş böyiça amaliy qöllanma qoidalariga rioya qilmasdan va ularning loyihalari YuNeSKOning Umumjahon merosi markazi bilan avvaldan kelişilmagan holda olib borilgani uning bemisl universal va umumbaşariy qiymatiga jiddiy salbiy ta'sir körsatgan. Natijada, YuNeSKO huzuridagi Umumjahon merosi qömitasining 40-sessiyasi qarori bilan Şahrisabz tarixiy markazi 2016 yilda Umumjahon merosining xavf ostidagi obektlar röyxatiga kiritilgan.

Mazkur qaror bilan Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan Özbekistondagi hududlarni muhofaza qilişni takomillaştiriş yuzasidan takliflar işlab çiqiş hamda uni amalga oşiriş böyiça Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov rahbarligida respublika idoralararo işçi guruhi tuzildi.

Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi hududlarni muhofaza qilişni takomillaştiriş va YuNeSKO huzuridagi Umumjahon merosi qömitasining tavsiyalarini amalga oşiriş böyiça 26 ta banddan iborat “Yöl xaritasi” tasdiqlandi.

Yangi qarorga muvofiq, Işçi guruh Konventsiya, xalqaro umume'tirof etilgan normalar hamda YuNeSKO huzuridagi Umumjahon merosi qömitasi tavsiyalari, “Tarixiy şaharlar manzaralari töğrisida”gi YuNeSKO tavsiyanomasini inobatga olgan holda, Özbekistonning milliy qonun hujjatlari, şaharsozlik norma va qoidalari, tarixiy şaharlarning boş rejalarini, şu bilan birga, Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan yurtimizdagi tegişli hududlarni olimlar, xalqaro ekspertlar, keng jamoatçilik vakillarini jalb etgan holda tanqidiy tahlil qiladi hamda asoslangan takliflar işlab çiqadi.