Braziliya 2018 yilgi jahon çempionati arafasida Avstriyaga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazdi. Venadagi «Ernst Xappel» stadionida keçgan uçraşuv janubiy amerikaliklarning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Ğoliblar safida gollarga Gabriel Jyezus, Neymar va Filippe Koutino mualliflik qilişdi. Şu tariqa, Avstriya termasi 7 ğalabadan iborat seriyasini yakunladi va 2016 yil noyabridan buyon ilk marta öz maydonida yutqazdi.
JÇ-2018 guruh bosqiçida Braziliya termasi Şveytsariya (17 iyun kuni, Rostov-na-Don) termasiga qarşi ilk öyinda maydonga tuşadi. Keyinroq Tite şogirdlarini Kosta-Rika (22 iyun kuni, Sankt-Peterburg) va Serbiya (27 iyun kuni, Moskva) terma jamoalariga qarşi öyinlar kutib turibdi.
Örtoqlik uçraşuvi
Avstriya – Braziliya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 36 Gabriel Jyezus, 0:2 – 63 Neymar, 0:3 – 69 Koutino.
Avstriya – Lindner, Predl, Xinteregger, Alaba, Dragoviç (Danzo, 70), Şopf (Xirlender, 58), Baumgartlinger, Şlager (Burgştaller, 58), Grilliç (Jul, 66), Arnautoviç, Layner.
Braziliya – Alisson, Tiago Silva (Markinos, 60), Marselo (Filipe Luis, 67), Danilo, Miranda, Kazemiro (Fernandino, 61), Paulino, Koutino (Tayson, 76), Villian, Gabriel Jyezus (Firmino, 67), Neymar (Duglas Kosta, 84).
Ogohlantirişlar: Şopf (38), Predl (54), Neymar (63).












