Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mart oyida Armanistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy jamoasi mart oyida Toshkentda Armanistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi «D» guruhida 5ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 1-pog‘onasini egallab turibdi.
2020 yilda bosh jamoamizni mazkur saralash bosqichi doirasidagi 3 ta juda muhim o‘yin kutib turibdi. Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31 mart kuni Yaman mehmoni bo‘lishadi.
Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik doirasida terma jamoamiz 23 fevral kuni Dubayda Belarus terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazishi haqida oldinroq ma'lumot bergan edik. Bosh jamoamiz mart oyida Toshkentda ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. 26 mart kuni Armaniston terma jamoasi poytaxtimizda mehmon bo‘ladi. Aynan mana shu uchrashuv Yaman bilan o‘yin oldidan yakuniy tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi», deyiladi O‘FA xabarida.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026