Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona va samarqandlik talonchilar jinoiy guruhi Toshkentda qo‘lga olindi
Toshkent viloyatining Qibray tumanida fuqaro K.U. ismli ayol IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Unda u shu yil 4 iyun Toshkent tumanida joylashgan “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tib u yerda noma'lum shaxs boshqaruvidagi davlat raqamlari aniqlanmagan oq rangli “Neksiya” rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib ketayotib, Qibray tumaniga yetib kelganlarida haydovchi avtomashinani to‘xtatib, K.U.ga tegishli ichida “Dell” rusumli noutbuki, hisobida 2 ming Qozoq tangasi bo‘lgan plastik kartasi, “Samsung” mobil telefoni va kiyim-kechaklari bo‘lgan chamadoni hamda ayollar sumkasini olib qo‘yib, uni avtomashinadan tushirib yuborib voqea joyidan yashiringani haqida shikoyat qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi muqaddam sudlangan N.Yu. va Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi D.R. sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026