Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Singapur boş vaziri Li Syanlun bilan uçraşdi. Uçraşuv Facebook orqali namoyiş qilingan. Ikki rahbar qöllarini siqib, ikki tomon delegatsiyasi vakillarini qarşilaşgan.
Kim Çen In Singapur hukumatiga u va AQŞ prezidenti örtasida tarixiy sammitni ötkazişdagi samimiy jonbozligi uçun minnatdorlik bildirdi. Öz navbatida Li Syanlun ham Şimoliy Koreya yetakçisiga taşrif va uçraşuv uçun taşakkur bildirgan.

Avvalroq Kim Çen In Singapurdagi Çangi aeroportiga yetib kelgani ma'lum qilingandi. Ayni vaqtda Kim Çen In töxtagan St. Regis mehmonxonasi atrofida kuçaytirilgan xavfsizlik çoralari körilgan.

12 iyunda Donald Tramp va Kim Çen In örtasida uçraşuv bölib ötadi. Uçraşuv mahalliy vaqt bilan soat 9da boşlanadi.











