Singapurda Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In va AQŞ prezidenti Donald Tramp iştirokida ötadigan sammitning qiymati 20 million dollarga yaqinni taşkil qiladi. Straits Times naşri Singapur boş vaziri Li Syanlunning sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Li Syanlun bu xarajatlar Singapurning xalqaro sa'y-harakatlarga qöşadigan hissasi ekani va mamlakat bundan manfaatdor ekanini ta'kidladi. 

"Biz bu xarajatlarni öz zimmamizga olişga tayyormiz", - deydi boş vazir. U sarflanayotgan mablağning deyarli yarmi xavfsizlikni ta'minlaşga yönaltirilganini qöşimça qildi. 

Li Syanlun mazkur sammit Singapur foydasi uçun xizmat qilişini qayd etdi. "Bu jahon hamjamiyati e'tiborini bizga qaratadi. Bizni uçraşuv joyi sifatida tanlaşgani (holbuki biz bu haqida söramaganmiz) - Singapurning tomonlar - AQŞ, KXDR bilan munosabatlari, şuningdek bizning xalqaro hamjamiyatdagi pozitsiyamizdan dalolat beradi", - dedi boş vazir.

Ta'kidlaş joizki, 12 iyun kuni Singapurda tarixda ilk marta AQŞ va KXDR örtasida sammit ötkaziş rejalaştirilgan. Unda Amerika prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşadi.