Insoniylik yaxşilikda bilinadi. Insoniylik bir insonning könglini kötarişda namoyon böladi. Agar bu xayrli amallar muqaddas Ramazon oyida qilinsa, savobi yuz karra ziyoda böladi. Ijtimoiy tarmoqlarda Dima Qayum nomi bilan maşhur bölgan Dilşod Boltaboyevning onasi oğir dardga çalingani haqidagi xabardan söng, KUN.UZ tahririyati Soğliqni saqlaş vazirligi bilan boğlandi.

Bundan maqsad bu murojaatga tuman, nari borsa viloyat miqyosida ahamiyat qaratiş, muştipar onaxonning şifo topişida sababçi böliş edi. Ammo voqealar rivoji kutilmagan tus oldi. Gap şundaki, bu holatdan xabar topgan Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov Dima Qayum xonadoniga şaxsan taşrif buyurdi.

Foto: Facebook /Dima Qayum

“Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Qayumoviç Şodmonov uyimizga şaxsan özlari taşrif buyurişib, Onam uçun qöllaridan kelgan barça yordamni ayamasliklarini aytib, otam haqlariga duo qilib, onamning duolarini olib ketişdi.

Foto: Facebook /Dima Qayum

Katta rahmat. Umringiz uzoq bölsin!”, deb yozadi Dima Qayum Facebook’dagi öz sahifasida.

KUN.UZ’ga taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, onaxon davolanişlari uçun yaqin kunlarda Respublika onkologiya dispanseriga olib kelinadi.