Qozoğistonning Astana şahrida boks böyiça «Prezidenti kubogi» xalqaro turniri nihoyasiga yetdi.
Unda 15 ta davlat - Belarus, Hindiston, Yaponiya, Qirğiziston, Möğuliston, Xitoy, Filippin, Rossiya, Şvetsiya, Tojikiston, Tailand, Turkiya, AQŞ, Özbekiston va Qozoğistondan jami 162 nafar boksçi iştirok etdi.
Musobaqada Özbekiston terma jamoasi boksçilari 1ta oltin, 2ta kumuş va 3ta bronza medalini qölga kiritişdi.
-81 kg vazn toifasi finalida Bektemir Meliqöziyev qozoğistonlik boksçi Bek Nurmagambetovga qarşi ringga çiqib, ğalaba qozonişga muvaffaq böldi va oltin medalni qölga kiritdi.
-60 kg vazn toifasida Şunqor Abdurasulov finalda rossiyalik Gabil Mamedovga yutqazdi. -64 kg vazn toifasida ringga çiqqan Iqboljon Xoldorov esa mezbonlar vakili Bekdaulet Ibragimovga imkoniyatni boy berdi. Har ikkala boksçimiz kumuş medallariga ega bölişdi.
Yarimfinalda mağlub bölgan boksçilarimiz Şahobiddin Zoirov (56 kg), Mahmud Gaipov (69 kg) va Isroil Madrimov (75 kg) esa bronza medalini qölga kiritişdi.
Musobaqada Qozoğiston terma jamoasi boksçilari yaqqol ustunlik bilan ğalaba qozonişdi. Ularning hisobida 8ta oltin, 4ta kumuş va 7ta bronza medali bor.













