Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar AliExpress’da 90 foizga ko‘proq xarid qila boshladilar
China News Service AAning Xitoydagi Tsindao shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitiga bag‘ishlangan materialida aytilishicha, O‘zbekiston fuqarolari AliExpress’da ko‘proq xarid qilishni boshlagan.
Spot’ning yozishicha, kompaniya kelishuvlar bo‘yicha aniq raqamlarni oshkor qilmadi, ammo O‘zbekiston fuqarolari tomonidan amalga oshirilgan tranzaksiyalar hajmi 90 foizga, Tojikiston - 110 foizga, Qozog‘iston - 82 foizga o‘sgani xabar qilinadi.
«Ushbu mamlakatlar fuqarolari, asosan, kiyim-kechak va aksessuarlar, mobil telefonlar, maishiy elektronika va kosmetika mahsulotlarini sotib olishadi», - deyiladi xabarda.
2017 yilda ShHT davlatlarining 20 milliondan ortiq aholisi AliExpress orqali xaridlarni amalga oshirdi.
Alibaba’da ushbu mamlakatlardan bo‘lgan sotuvchilar soni 80 millionga yetdi, bu ko‘rsatkich so‘nggi uch yil ichida sakkiz martaga o‘sdi. Ularning qanchasi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelishi aniq emas.
Kompaniyadan hisoblashlaricha, ular ShHTga a'zo davlatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda, sababi elektron tijorat an'anaviylarga qaraganda qulayroq. Kelgusi yillarda Alibaba ShHT mamlakatlarida o‘z mavqeini oshirish niyatida.
Shu bilan birga, AliExpress ilovasi App Store O‘zbekistonda besh kundan beri birinchi o‘rinni egallab turibdi, u Telegram’dan ham o‘tib ketdi.
Mavzuga oid
20:16 / 23.04.2026
Bond omborlari ochiladi: smartfonlar va kiyim-kechaklar arzonlaydimi? - ILMA vakili bilan suhbat
18:01 / 15.04.2026
O‘zbekistonga smartfon va noutbuklar importining yangicha kanali ochiladi
09:09 / 14.04.2026
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi
01:04 / 13.04.2026