Prezident Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyatiga taşrifi çoğida Quva tumanidagi «Farğona anorçilik» mas'uliyati çeklangan jamiyati şaklidagi agrofirma faoliyati bilan tanişdi.

«Mamlakatimizda qişloq xöjaligi bozor talabi va dehqon daromadi yuzasidan diversifikatsiya qilinmoqda. Yaqinda barpo etilgan «Farğona anorçilik» korxonasi ham ana şu maqsadga yönaltirilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. 

300 gektardan ortiqni maydonni egallagan uşbu agrofirma anor yetiştiriş, saqlaş, qayta işlaş va eksport qilişga ixtisoslaşgan. Ayni paytda 289 gektar yerga 15 navga yaqin 272 ming tupdan ziyod anor köçatlari ekilgan. Beş yuzga yaqin kişining bandligi ta'minlangan. 2025 yilgaça anorzor maydonini 2 ming gektarga yetkaziş rejalaştirilgan. Anorzor töliq hosilga kirgaç 10 ming tonna mahsulot yetiştiriladi.

Davlat rahbari uşbu anorzorni kirib kördi.

«Tepa Xudodan, past bandadan. Yerga mehr berib işlasa, aql bilan ekib, parvarişlasa, albatta öz natijasini beradi. Hamma sohada mahsulotni qayerga sotişni, mehnat va xarajatga nisbatan köproq daromad olişni öylaş zarur. Buning uçun avvalo ilm kerak. Bozor talabini örganadigan, zamonaviy bilimlarni tatbiq etadigan, mahsulotning hosildorligi va sifatini ta'minlaydigan kim - kadrlar. Şuning uçun anorçilik böyiça ham mutaxassislar tayyorlaşga e'tibor beriş kerak», degan Şavkat Mirziyoyev.

Anorçilik böyiça ilmiy markaz, Farğona davlat universitetida kafedra taşkil etiş, Innovatsion rivojlaniş vazirligi bilan hamkorlikda gen texnologiyasini rivojlantiriş zarurligi ta'kidlandi. 

Özbekiston anori böyiça brend yaratiş, Farğona viloyatida yaqin yillarda anorzorlarni 20 ming gektarga yetkaziş, köçatçilikni kengaytiriş, danaksiz anor navlarini özlaştiriş böyiça topşiriqlar berildi.