Poytaxtda “Hamşira-2018” respublika körik-tanlovining final bosqiçi bölib ötdi. Tadbir Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi, Soğliqni saqlaş xodimlari Kasaba uyuşmasi respublika kengaşi va Özbekiston Hamşiralar assotsiatsiyasi hamkorlikda taşkil etildi. Tanlovning final bosqiçida Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyat bosqiçlarida ğolib bölgan 14 nafar hamşira qizlar özaro bellaşdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bugungi kunda mamlakatda soğliqni saqlaş tizimida uç yuz ming nafardan köproq örta tibbiyot xodimlari xalqimizga tibbiy xizmat körsatmoqda. Ularning faoliyatini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, örta tibbiy xodimlarni tayyorlaş, malakasini oşiriş, hamşiralar zamon talabiga mos faoliyat yuritişi uçun qulay şaroit yaratiş doimiy e'tiborda. Buning uçun, eng avvalo, tibbiyot kollejlarida yoşlarga xalqaro andozalar darajasida ta'lim beriş, jahon tibbiyotini ilğor yutuqlarni çuqur örgatişga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib çiqib oliy ma'lumotli hamşiralar tayyorlaş tizimi yölga qöyilgani aholiga hamşiralik yordamini sifatli körsatiş, bu yönalişda jahon tibbiyotining eng ilğor uslublarini amaliyotga joriy etişda muhim omil bölmoqda. Bugungi kungaça Toşkent Tibbiyot Akademiyasi va tibbiyot institutlarining “Oliy hamşiralik işi” bölimlarida anesteziologiya va reanimatsiya, xirurgiya, akuşerlik va menejment yönalişlari böyiça tört yarim ming nafar oliy ma'lumotli bakalavr hamşiralar tayyorlandi, yuz nafarga yaqin hamşiralar magistr darajasiga ega. Ular davolaş-profilaktika muassasalarida boş, katta va yetakçi hamşira hamda tibbiyot instituti va kollejlarida öqituvçi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Özbekistondagi birlamçi tibbiy-sanitariya muassasalarida umumiy amaliyot vraçlari, tor soha mutaxassislari bilan bir qatorda yuz ming nafardan köproq patronaj hamşiralar xalqimizga tibbiy yordam körsatmoqda. Ularga öz zimmalariga yuklangan vazifalarni samarali ado etişlari uçun barça şaroitlar yaratilmoqda.
Tibbiy patronaj xizmatining maqomi, maqsadi va vazifasi aniq belgilandi. 2017 yil 13 sentyabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiy xizmatlar sifatini yaxşilaşga, ötkazilayotgan profilaktika tadbirlarining samaradorligi uçun mas'uliyatni oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilinişi soha rivoji uçun yana bir imkoniyat böldi. Uşbu qarorga muvofiq, birlamçi tibbiy-sanitariya tizimida işlayotgan vraçlar qatorida aholining patronaj bilan töliq qamrab oliş, onalar, bolalar ölimi, nogironlikning oldini oliş, kasallikka çaliniş körsatkiçlarini pasaytirişga erişayotgan patronaj hamşiralar ham moddiy rağbatlantiriladigan böldi.













