«Atletiko» «Monako» bilan fransiyalik yarim himoyaçi Toma Lemar transferi böyiça kelişuvga erişilganini e'lon qildi.

Yaqin vaqtlar içida klublar kelişuvning barça jihatlarini ma'lum qilişlari kutilmoqda.

Madridliklar transfer summasini oşkor etişmayapti, ammo bundan oldingi xabarlarda uşbu 21 yoşli futbolçi transferi klubga 65 million yevroga aylanişi aytilgandi.

Hozirda Lemar Fransiya terma jamoasi bilan 2018 yilgi jahon çempionatiga tayyorgarlik körmoqda.

Qayd etiş kerakki, Lemarning transfer qilinişi jamoa yetakçisi Antuan Grizmann «Barselona»ga ötib ketiş fikridan qaytib, «Atletiko»da qolişga qaror qilişiga sabab böldi.