Özbekiston Respublikasida har bir maktab yoşidagi bola bepul majburiy umumiy örta ta'lim olişi Konstitutsiya bilan kafolatlangan bölib, Xalq ta'limi vazirligi uşbu huquqning sözsiz amalga oşirilişini ta'minlaydi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Umumta'lim muassasasiga öqişga qabul qiliş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy örta ta'lim töğrisida”gi Nizom asosida amalga oşiriladi.
Nizomning 39-bandiga muvofiq maktab yoşidagi bolalarni umumiy örta ta'limga qamrab oliş tuman (şahar) hokimliklarining qarori bilan umumta'lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta'lim muassasasi pedagog xodimlari tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy) röyxatga oliş orqali amalga oşiriladi.
Uşbu Nizomga köra umumta'lim muassasalarining I sinfiga 6-7 yoşli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq (42-band), tayyorgarlik darajasidan qat'i nazar, tanlovsiz qabul qilinadi, musiqa va san'atga ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalari bundan mustasno (44-band).
Nizomning 43-bandida bolalarni umumta'lim muassasasining I sinfiga qabul qiliş uçun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topşirilişi belgilangan:
- ota-onalar tomonidan umumta'lim muassasasi direktori nomiga ariza;
- ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi) nusxasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi böyiça hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi körsatilgan holda);
- bolaning tuğilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
- bolaning soğliği töğrisida tibbiy ma'lumotnoma;
- bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.
Umumta'lim muassasasi rahbari mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoşidagi bolalarni öz vaqtida umumta'lim muassasasiga öqişga jalb qiliş uçun mas'ul hisoblanadi.
Hozirda amalda bölgan tartibga asosan, ya'ni, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 43-bandida “Ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi) nusxasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi böyiça hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi körsatilgan holda)” deb aniq belgilab qöyilgan.
Maktab rahbari umumta'lim muassasalariga bolani öqişga qabul qiliş uçun fuqarolardan hujjat talab qilişda yuqorida keltirilgan normativ- huquqiy hujjatdagi normalarga tayanadi. Direktorning amaldagi qonunçilik talablariga rioya qilmasligi esa unga nisbatan intizomiy jazo çorasini qöllaşga asos bölişi mumkin.












