Ostonada Qozoğiston senatining konstitutsiyaviy qonunçilik, sud tizimi va huquq-tartibot idoralari qömitasi yiğilişida “Qozoğiston Respublikasining ba'zi konstitutsion qonunlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi körib çiqildi. 

Foto: Qozoğiston respublikasi parlamenti matbuot xizmati

Jumladan, “Davlat ramzlari haqida”gi qonunga tuzatişlarda Qozoğiston gerbini özgartiriş közda tutilgan. Unga köra, gerbdagi “Qazaqstan” sözini lotinça harflar bilan yoziş taklif qilinmoqda. 

Foto: Turar Kazangapov

Senatorlar şuningdek bir qator boşqa hujjatlarni körib çiqişgan. Ular orasida Byudjyet kodeksi, Ma'muriy qoidabuzarliklar haqidagi kodeks, saylovlar, mahalliy davlat boşqaruvi, siyosiy partiyalar va davlat xizmati haqidagi qonunlar bor.