Makedoniya Gretsiya bilan öz nomini özgartiriş böyiça kelişuvga keldi.

Köp yillik noroziliklar va muzokaralardan keyin ikki davlat boş vazirlari Aleksis Tsipras va Zoran Zayev bir töxtamga keldilar. Ta'kidlanişiça, tegişli hujjatlar imzolangandan keyin Makedoniya Şimoliy Makedoniya Respublikasi deb atala boşlanadi. Uning milliy tili makedon tili, fuqarolari esa makedoniyaliklar deb ataladi.

Makedoniyaning yangi nomi ham xalqaro, ham ikki tomonlama darajada qöllanadi, şu sababli bu nomga qolgan davlatlar ham könikişlariga töğri keladi.

Endi hujjatlarni ikki davlat hukumati tasdiqlaşi lozim. Şundan keyin Makedoniya Yevropa ittifoqi va NATOga kirişga da'vogarlik qiliş huquqini oladi. Şu vaqtgaça uşbu masala böyiça muzokaralar Gretsiya tomonidan bloklab kelingandi.

Makedoniyaning nomlanişi böyiça Gretsiya bilan bahs uning Yugoslaviyadan ajralib çiqqanidan keyin vujudga kelgan. Gretsiyada şunday nomdagi viloyat bölgani sababli, Afina Makedoniyaning bu nomini tan olmagan. 

Muzokaralar vaqtida şuningdek Yuqori Makedoniya va Yangi Makedoniya nomlari ham taklif qilingan.