12 iyun kuni Farğona viloyatining Oltiariq tumani hokimligida prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollarining videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Videoselektor davomida prezident töy kortejini töxtatib, kelin-kuyovni taksiga ötqazib yuborgan Yoşlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyevni keskin tanqid qilgan va uni prezidentning sözlarini notöğri talqin qilişda ayblagan.

«Yoşlar bilan işlaşda faqat quruq gap, majlisbozlik, töy kortejini töxtatiş qilinmoqda. Boşqa narsani bilmaydi. Bu işlar siyosatga xiyonat. Bilasizlarmi, töyni töxtatişdan oldin töy ma'naviyatini ota-onasiga tuşuntiriş kerak. Qölingdan kelmasa, prezident maslahatçisi, örningni böşatib qöy», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda «Kun.uz» muxbiri.

Prezident Quronboyev bilan boğliq vaziyatni körib çiqişga körsatma bergan.