Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yil 11 iyun kuni “Ramazon hayitini nişonlaş töğrisida”gi qarorga imzo çekdi.

Qarorga binoan, Özbekiston musulmonlari idorasining 2018 yilda Ramazon hayitining birinçi kuni 15 iyun juma kuniga töğri kelişi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida”gi 5290-sonli Farmoniga muvofiq 2018 yil 15-17 iyun kunlari – Ramazon hayitining birinçi uç kuni bayram sifatida keng nişonlanişi belgilandi.
 
Mazkur qarordan kelib çiqib, köpçilikda savol tuğilmoqda: butun Özbekiston aholisi 3 kun dam oladimi?

Qaror matnini sinçiklab tahlil qilsak, dam oliş kuni haqida heç qanday gap-söz yöq.

Unda faqat «Ramazon hayitining birinçi uç kuni bayram sifatida keng nişonlansin» deyilgan. Bu dam oliş kuni sifatida e'lon qilindi, degani emas.

Masalan, 14 yanvar – “Vatan himoyaçilari kuni” bayram sifatida keng nişonlansin, deyilsa, öşa kuni dam oliş böladi deb tuşunmaslik kerak.

Bir narsani tuşunişimiz kerakki, bayramlarning barçasi ham dam oliş kuni bölavermaydi. Mehnat kodeksining 131-moddasida aynan qaysi bayramlar işlanmaydigan kunlar ekanligi sanab ötilgan. Ularning soni 9 ta. Unga köra, Röza hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining faqat birinçi kuni işlanmaydigan bayram kunligi belgilab qöyilgan.

Bundan xulosa qiliş mumkinki, Ramazon Hayitining faqat birinçi kuni, ya'ni 15 iyun – juma kuni butun özbek xalqi uçun dam oliş sifatida belgilandi.

16 iyun (şanba) esa barça uçun dam oliş kuni emas.

Haftasiga 5 kun işlaydigan, ya'ni rasman şanba dam oliş kuni bölganlar uçun dam oliş kuni böladi, bu tabiiy.

Şanba rasman iş kuni bölgan xodimlar esa, 15 iyun - juma kuni dam olib, 16 iyun - şanba kuni işga çiqişlari lozim böladi.

Qaror matnida Prezidentning 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida”gi 5290-sonli Farmoni aynan nima maqsadda eslab ötilganiga biror izoh bildirişim qiyin. Buning uçun rasmiy taşkilotlarning şarhi kerak böladi.