08:32 / 13.06.2018
18345

Tramp aktyor Robert De Nironing haqoratiga javob qaytardi

Foto: consequenceofsound

AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik aktyor Robert De Nironing unga nisbatan aytgan qo‘pol so‘zlariga izoh berdi. Trampning aytishicha, aktyorning filmlarga tushish vaqtida bokschilardan olgan zarbalar sababli miyasi chayqalib qolgan.

De Niro 10 iyunda “Toni” teatral mukofoti topshirilishi marosimida Tramp haqida qo‘pol so‘zlar aytgan. “Aytmoqchi bo‘lgan birinchi narsam, Trampni jin ursin”, deb aytgan aktyor sahnadan turib. Uning bu so‘zlari yig‘ilganlar tomonidan jo‘shqin olqishlangan, ko‘pchilik o‘z o‘rnidan turgan. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ham aktyorning so‘zlarini faol muhokama qilishga tushib ketishgan. 

“Robert De Niro, aqliy koeffitsiyenti past bo‘lgan odam, filmlarda haqiqiy bokschilardan boshiga juda ko‘p zarba yegan. Men uni kecha ko‘rdim va unda miya chayqalishi bor, deb haqiqatda ishonaman. Fikrimcha, u hozir iqtisodiyot eng yaxshi holatdaligini, bandlik maksimal darajadaligini, ko‘plab kompaniyalar davlatimizga yana mablag‘lar kiritayotganini tushunmaydi. Uyg‘on, miyasi chayqalgan!”, deb yozgan Tramp tvitterda

Mavzuga oid
Top