Rossiya AQŞ - KXDR sammitidan söng özini «bortdan taşqarida» deb hisoblaşi, Xitoy esa unda «ehtimoliy strategik muvaffaqiyatsizlikni» körişi mumkin, deb yozmoqda Sputnik.

AQŞ prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakçisi Kim Çen In 12 iyun kuni Singapurdagi sammitda uçraşdi. Tomonlar «tarixiy uçraşuv» yakunlari böyiça ikki davlat örtasida yangi munosabatlarni qurişga, şuningdek, Koreya yarim orolida tinçlik örnatişga kelişib oldi.

Salem davlat universiteti professori Kanişkan Satxasivam fikriça, Rossiyada sammit böyiça ma'lum bir xavotirlar yuzaga kelgan bölişi mumkin. Satxasivamning aniqlik kiritişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, ehtimol, bu jarayonning bevosita iştirokçisi emasligidan norozi bölmoqda, ammo u sammit natijalaridan qoniqqan.

Ekspert sammit yakunlari qandaydir manfaat keltirişi mumkin bölgan davlatlar sifatida Yaponiya va Janubiy Koreyani tilga olgan. Uning qöşimça qilişiça, sammit bitta mintaqaga emas, balki butun dunyoga foyda keltiradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR yadroviy qurolsizlanişi muddatlariga baho berilgandi.