Ramazon hayiti munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Jumladan, Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Trampning qutlovida bunday deyilgan:

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Amerika xalqi nomidan Melaniya va men Sizga va Özbekiston xalqiga Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarimizni yöllaymiz.

Ramazon oyining yakunlanişini nişonlar ekanmiz, adolat va rahm-şafqatga asoslangan Islom dinining qöşnilarga yordam beriş va turli e'tiqoddagi insonlar bilan rizqini baham körişdek muqaddas an'anasini yanada teran anglaymiz. Iyd al-Fitr bir-birini qöllab-quvvatlaş va barçaning öz salohiyatini tölaligiça yuzaga çiqariş imkonini beradigan jamiyat barpo etiş mas'uliyatini yodga soladi. 

Amerika Qöşma Ştatlari köplab din vakillari, şu jumladan, mamlakatimizga muhim hissa qöşgan va qurolli kuçlarimizda munosib xizmat qilgan amerikalik musulmonlarning ham yurtidir.

Men dunyodagi barça musulmonlarga özimning eng samimiy tabriklarimni yöllayman. Uşbu bayram kunlarida va kelgusi yilda ularga sihat-salomatlik va farovonlik tilayman. Ramazon hayiti muborak!

Hurmat bilan,
Donald J.Tramp, Amerika Qöşma Ştatlar Prezidenti


Şuningdek, quyidagilar öz tabriklarini yöllagan:

Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev

Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Saudiya Arabistoni Podşohligi valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining örinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla Ikkinçi bin al-Husayn

Falastin Davlati Prezidenti, Falastin ozodlik taşkiloti Ijroiya qömitasi raisi Mahmud Abbos

Islom hamkorlik taşkiloti Boş kotibi Yusuf Al-Usaymin