Germaniya hukumati Volkswagen’ga 1 mlrd yevrolik jarima soldi
Germaniyaning Braunshveyg shahri prokuraturasi “dizel mojarosi” bilan bog‘liq tarzda Volkswagen AG kompaniyasiga 1 mlrd yevrolik jarima soldi.
Kompaniya jarimaga rozi bo‘lgan, o‘zining javobgarligini tan olgan va qaror yuzasidan apellyatsiya topshirmaydi.
Jarima summasi o‘z ichiga mumkin bo‘lgan maksimal jarima 5 mln yevro va noqonuniy olingan daromadning qaytarilishi ko‘rinishida yana 995 mln yevroni olgan.
Tergovning ko‘rsatishicha, kompaniya dizel dvigatellar bilan jihozlangan 10,7 mln mashinaning sinovi vaqtida monitoring qoidalarini buzgan. Bu avtomobillar sinov vaqtida zararli moddalar chiqindilari ko‘rsatkichlarini kamaytirib ko‘rsatuvchi noqonuniy dasturlar bilan sotilgan.
Kompaniya atrofidagi “dizel mojarosi” 2015 yilda boshlangan va unga ko‘p milliardlik jarimalarga aylangan. AQShning o‘zida kompaniyaning sudga xarajatlari va to‘lagan jarimalari miqdori 25 mlrd dollardan oshib ketgan.
Mavzuga oid
20:31 / 13.11.2024
Volkswagen Tesla’ning raqobatchisi bilan 5,8 mlrd dollarlik bitim imzoladi
22:16 / 28.10.2024
Volkswagen Germaniyadagi kamida uchta zavodini yopadi
08:30 / 26.09.2024
VW kasaba uyushmasi bilan ish haqi va qisqartirishlar bo‘yicha kelisha olmadi
13:49 / 05.09.2024