Azubuike ismli nigeriyalik otasini tobut örniga haşamatli yöltanlamasda dafn etdi. Bu haqda The Daily Mail naşri xabar berdi.

Boyvaçça öğil bu maqsadda 66 ming funt sterlingga yangi BMW sotib olgan. Ta'kidlanişiça, u otasi hayotligida unga tezkor avtomobil sovğa qilişga va'da bergan, biroq bunga ulgurmagan. Şu sababli u otasi xotirasini şunday yod etişga qaror qilgan.
Dafn marosimidagi suratlar ommalaşib ketgan va ijtimoiy tarmoqlar orqali jadal tarqalgan: köplab foydalanuvçilar bunday holatni birinçi bor körayotganlarini aytişgan. Biroq ba'zilar pullarning bunday behuda sarflanişini tanqid qilişgan. Ularning fikriça, bu pullarni foydaliroq sarflaş mumkin edi. “Agar yaxşi pul topsangiz, ota-onangiz tirikligida ularga maşina olib bering va ularni durust tobutda dafn qiling. Bu esa şunçaki maqtançoqlik”, deb aytgan nigeriyalik foydalanuvçilardan biri. Boşqalar esa Azubuikeni “aqldan ozgan xudbin” deb ataşgan.
Şunga öxşaş voqea yaqinda Xitoyda yuz bergandi. Marhumning yaqinlari uning oxirgi istagini bajo keltirişga qaror qilib, uning jasadini sevimli maşinasi – kumuşrang Hyundai Sonata maşinasi içiga joylaştirib, maşinani ekskavator yordamida qabrga tuşirib, dafn qilişgandi.











