Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Niğmatulla Yöldoşev boşçiligidagi parlament delegatsiyasining Belarus Respublikasiga taşrifi doirasida Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: BeLTA

Prezident A.Lukaşenko Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nafaqat davlatlar örtasidagi, balki butun mintaqadagi döstona, özaro samarali munosabatlarni mustahkamlaş borasidagi yutuqlariga yuqori baho berdi. Belorussiya rahbari “oxirgi yilda Özbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi örtasida barça yönalişlarda hamkorlikda katta ijobiy siljiş böldi va bunda Özbekiston rahbarining xizmati katta”, deb ta'kidlab ötdi.

Öz navbatida, N.Yöldoşev ikki davlat örtasida tovar aylanmasi oşganini, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalar köpayganini qayd etdi.

Özbekiston parlamenti delegatsiyasi Özbekiston va Belarus biznes doiralari vakillari iştirokida ötkazilgan hamda tadbirkorlik sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni çuqurlaştirişga, ikki respublikada işlab çiqariladigan tovarlar eksporti va importini oşirişga, şuningdek iqtisodiyot va moliya sektorini rivojlantirişda har bir tomonning investitsiyalar bilan iştirokini kengaytirişga bağişlangan davra suhbatida ham iştirok etdi.

Özbekiston delegatsiyasi Belarus Respublikasi işbilarmon doiralari vakillarini Özbekistonda biznes bilan şuğullaniş imkoniyatlari, mamlakatimizda tadbirkorlarni himoya qiliş böyiça körilayotgan huquqiy va moliyaviy çora-tadbirlar, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan olib borilayotgan xususiy sektorni yanada rivojlantiriş islohotlari bilan taniştirdi.    

Şuningdek, parlament delegatsiyasi a'zolari “Belaz” OAJ va “Dzerjinskiy” OAJ agrokombinati kabi yirik korxonalarning işlab çiqariş quvvati bilan tanişdilar.  

Foto: senat.uz

Eslatib ötamiz, 12 iyun kuni mamlakat parlamenti a'zolari Belarus Respublikasi boş vaziri A.Kobyakov bilan uçraşdilar. Uçraşuv çoğida Özbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi örtasidagi davlatlararo munosabatlarni ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada rivojlantirişga oid masalalar muhokama qilindi.