Poytaxt hokimligi, Jamoatçilik kengaşi va iqtidorli dizaynerlar hamkorlikda Toşkent brendi ustida işlaşmoqda. KUN.UZ muxbiri Toşkent şahar hokimiyati qoşidagi Jamoatçilik kengaşi raisi Hikmat Abdurahmonovning Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida aytgan sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

"Toşkent şahrini sayyohlar, çet ellik va mahalliy sarmoyaçilar, hamşaharlar va iqtidorli insonlar kelişi uçun körkamlaştiriş kerak. Şu bois hozirda şahar hokimligi va iqtidorli dizaynerlari bilan birgalikda Toşkent brendi ustida işlayapmiz", - deydi u.

Hikmat Abdurahmonov şuningdek poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev tomonidan Toşkent şahrida turli festivallarni ötkaziş taklif qilinganini ta'kidladi.

Hikmat Abdurahmonov. Foto: Xalkaro Press klub

"Bu juda yaxşi taklif. Sababi şahar aholisi xursandçilik bilan yaşaşi kerak. Biroq bu xursandçilik umumiy gap emas, ma'lum bir mavzuga bağişlanişi maqsadga muvofiq. Festivallar mavzularini hamşaharlarimiz bilan birga belgilaşni maqsad qildik", - deydi Jamoatçilik kengaşi raisi.

Bundan taşqari, u poytaxtda Ğoya laboratoriyasi faoliyatini yölga qöyiş fikri bilan bölişdi.

"Hozir şaharda juda katta özgarişlar röy bermoqda. Ularni amalga oşirişdan oldin Ğoya laboratoriyasini işga tuşirsak degan fikr keldi. Ğoyalarni ijtimoiy tarmoqlar va yiğilişlar orqali şahar aholisiga taşlasak-da, ularning ham ijobiy, ham salbiy tomonlarini munozara qilsak va şundan kelib çiqib ularni amalga oşiriş mumkin yoki yöqligiga doir xulosa çiqarsak", - deydi Abdurahmonov.

Bundan maqsad şahar aholisi uning farovonligini oşirişga oid muhokamalarda qatnaşişi, davlat idoralarida işonç omilining tiklanişi ekanligi qayd etildi.

"Yiğilişlarda juda zör takliflar berilmoqda, lekin ularni amalga oşiradigan insonlar yetişmaydi. Kerak bölsa, davlat va xususiy sektor formatida şu narsani amalga oşirib, manfaat oliş mumkin", - ta'kidladi u.

Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Jamoatçilik kengaşi özining ilk loyihasini tez va sifatli amalga oşirib, xalqqa foydasi tegadigan taşkilot bölib qolişiga doir tilak bildirdi. U Toşkent şahrining har bir fuqarosi mazkur jamoatçilik kengaşi a'zosi hisoblanişini qöşimça qildi.