Jamiyatda muammolar, yeçimini kutayotgan turli darajadagi masalalar köp. Bu muammolar, masalalar haqida har kuni önlab OAV, faollar gapiradi, turli rasmiy, norasmiy davralarda ular haqida söz boradi.
Muammolarni gapirişdan maqsad esa uni hukumatga, tegişliligi böyiça mas’ullarga yetkaziş. Yeçimini köriş.
Bundan 3 yil avval, 2020 yilning 16 aprelida Özbekiston prezidenti tomonidan Jamoatçilik palatasi nomli tuzilma taşkil qilinişi haqida farmon çiqarkan, köpçilik xursand bölgandi. Ular bugun yeçimini kutayotgan muammolar endi mas’ullarga, prezidentga tezroq yetib borişi, yeçimini topişiga işona boşlagan edi.
Ammo mana, oradan uç yil ötyapti hamki, xalq va hokimiyat örtasida köprik bölişi kerak bölgan bu tuzilmadan haligaça darak yöq. Farmon çiqişga çiqdi-yu, şu bilan palata haqida barçasi unutilgandek.
Kun.uz muxbirining navbatdagi ötkazgan intervyusi Jamoatçilik palatasi, tuzilma faoliyat boşlaşi yölidagi tösiqlar haqida böldi. Intervyuda siyosatşunos Farhod Tolipov, Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xöjayeva va tadbirkor Hikmat Abdurahmonov mehmon sifatida iştirok etdi.

— Jamoatçilik palatasi nima özi? U qanday maqsadda, kimlardan tuziladi, davlat va jamiyat hayotida ahamiyati qanday, içki va taşqi zarurati nima?
Dunyoda, demokratik davlatlarda bu kabi tuzilmalarning analogi, qolipi bormi va u nima uçun xizmat qiladi?
Farhod Tolipov:
— Xalq va hokimiyat örtasida köprik bölib, boğlab turiş — jamoatçilik palatasining vazifasi. Asosiy ta’rifi şu. Bu kengaş orqali jamiyat bilan bevosita muloqot mexanizmi yaratiladi. Bundan taşqari, demokratiyaning asosiy tamoyili bölmiş tiyib turiş siyosatining bir körinişi ham.
Biz odatda Sud, Ijro va Qonun çiqaruvçi organlarni tiyib turiş mexanizmining asosiy obekti sifatida olamiz, bu — makroyondaşuv. Mikroyondaşuvda esa mana şu aytilayotgan jamoatçilik palatasi kabi böğinlar katta rol öynaydi. Demokratik davlatlarning deyarli barçasida bunday kengaş bor, hatto umumiy YeIda bor bunday kengaş. Makroyondaşuvdagi organlarda ham oğişlar kuzatilişi mumkin, şunday paytda jamoatçilik palatalari ular uçun tiyib turuvçi böladi. Jamoatçilik palatasi bevosita davlat rahbari bilan xalqni boğlaydi.















