Kun.uz 2020 yil so‘ngida «Intellekt» ruknini tashkil etgan va unda qator yutuqlarga erishgan vatandoshlar bilan intervyular tashkil eta boshlagan edi.

Loyihaning o‘ziga xos tomoni – uning mehmonlari YouTube'da e'lon qilingan intervyu ostida qoldirilgan izohlar orasidan o‘zlariga eng yoqqan komment egalariga sovg‘alar taqdim etib borishadi.

Ruknning dastlabki ikki mehmoni – Hikmat Abdurahmonov va Dinara Hakimova g‘oliblarni tanlashgani haqida bizga ma'lum qilishdi.

«Rivojlanish uchun eng muhim omil – oiladagi garmoniya». Hikmat Abdurahmonov bilan suhbat

Tadbirkor Hikmat Abdurahmonov tanlagan uch nafar g‘olibga quyidagi sovg‘alarni taqdim etishga qaror qildi:

  • 1-o‘rin: Hikmat Abdurahmonov tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida o‘qish uchun yo‘llanma-sertifikat, TEAM (Toshkent) va LSBU (London) universitetlarining brend sumkasi va suvenirlar;
  • 2-o‘rin: «Ground Zero» kovorking markazidan bir oy bepul foydalanish yo‘llanmasi va suveniri;
  • 3-o‘rin: Hikmat Abdurahmonov dastxati tushirilgan kitob va «Humo partners» tomonidan taqdim etiladigan suvenir.

Hikmat Abdurahmonov tanlagan eng yaxshi izohlar:

1-o‘rin
2-o‘rin
3-o‘rin

G‘oliblarga sovg‘alar 10 fevral kuni, Toshkentning Markaz–1 dahasidagi «Ground Zero» kovorking markazi ochilish marosimida taqdim etiladi.