2018 yil 9 fevralda Vazirlar Mahkamasining “Ariza beruvçi — uy quruvçining 2017-2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturida iştirok etiş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida” qarori qabul qilindi, deb yozmoqda “Inson va qonun” naşri.

Mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 noyabrdagi “Ariza beruvçi — uy quruvçining fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari tavsiyalari asosida 2017-2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturida iştirok etişi tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida” qarori bekor qilindi. Ya'ni, mahalla fuqarolar yiğinlarining bu sohadagi faoliyati töxtatildi. Bu vakolatga tuman hokimliklarida taşkil etiladigan maxsus komissiya ega böldi.

Qarorga köra, qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturida iştirok etişi tartibi töğrisidagi yangi nizom tasdiqlandi.
 
Uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan oilalarga quyidagilar kiradi:

— boşqa oila yoxud boşqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yaşovçi oila;
— köp bolali oilalar;
— töliq bölmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar);
— daromadi yuqori bölmagan oila (bir oydagi jami daromadi har bir oila a'zosiga belgilangan eng kam oylik iş haqining 3 baravari miqdorigaça töğri keladigan oila);
— tarkibida birinçi guruh nogironi bölgan yoxud surunkali kasallikning oğir turlaridan azob çekuvçi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yaşaşga ehtiyoj sezuvçi şaxs bölgan oila;
— uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir şaxs uçun umumiy uy-joy maydoni 16 kv. metrdan kam bölmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uçun 23 kv. metrdan kam bölmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq bölmagan oilalar endilikda tuman hokimi huzurida taşkil etilgan doimiy komissiyaga murojaat etib, namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarni oliş uçun kerakli yozma tavsiyani oliş uçun uy-joyi yöqligi töğrisida asoslantiruvçi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur nizom talablari asosida işlab çiqilgan anketa-arizani komissiya raisi (tuman hokimi) nomiga yoziş bilan murojaat etişlari mumkin.