Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramos: Ispaniya termasi dafn marosimida o‘tirgandek tasavvur uyg‘otmoqda
Foto: Getty Images
Ispaniya terma jamoasi sardori Serxio Ramos jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi JCh-2018 boshlanishiga bir kun qolganida ishdan haydalganiga munosabat bildirdi.
«Bizda shunday hissiyotki, xuddi dafn marosimida o‘tirgandekmiz, ammo aslida biz jahon chempionatidamiz - bu ajoyib hodisa. Biz oldinga qarab harakatlanishimiz zarur», - deya ma'lum qildi futbolchi Mirror’ga bergan intervyusida.
Shuningdek, Ramosning ta'kidlashicha, jahon birinchiligiga orzu bilan kelgan va butun jamoani o‘zining ortida harakatlanishga chorlaydi.
«Haqiqatdan ham yoqimsiz holat bo‘ldi. Xulen Lopetegi jamoamiz bir qismi edi, u bizga saralashdan o‘tishda yordam berdi. Biroq, mening fikrimcha, Ispaniya termasi shaxsiy narsadan ustun turishi kerak.
Biz bunga e'tibor qaratmasligimiz darkor. Yaqinda Yevropa chempionlari bilan to‘p suramiz, hamda ro‘y bergan voqeani qancha ertaroq unutsak, shuncha yaxshi bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Mavzuga oid
20:46 / 30.04.2026
«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Madridda 180 ta xonadonga egaligi ma’lum bo‘ldi
16:21 / 24.04.2026
Pentagon Eron bilan urushdagi ixtiloflar tufayli Ispaniyani NATOdan chetlatishni muhokama qilmoqda
08:35 / 14.04.2026
Ispaniyada bosh vazir rafiqasi korrupsiya ishi bo‘yicha ayblanmoqda
13:49 / 31.03.2026