Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan qator xorijiy mamlakatlar va xalqaro taşkilotlar rahbarlarini tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Jumladan, Afğoniston, Bangladeş, Birlaşgan Arab Amirliklari, Indoneziya, Iordaniya, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ozarboyjon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Eron, Ummon, Qatar, Qirğiziston, Qozoğiston va boşqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, Islom hamkorlik taşkiloti, Islom taraqqiyot banki, Şanxay hamkorlik taşkiloti, BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissariyati, Kavkaz musulmonlari idorasi kabi xalqaro taşkilotlar rahbarlariga tabriknomalar yöllangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Moskvadan Toşkentga qaytib kelgani xabar qilingandi.