AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar sobiq rahbari Barak Obama Şimoliy Koreya bilan uruşga tayyor turgan. Tramp bu haqda tvitterdagi sahifasida yozdi.
«Men prezident Obama bilan oçiqçasiga gaplaşganimda, u KXDR bilan uruşni boşlaşga tayyor turgani oydinlaşgandi», - deya Tramp özining Fox News telekanaliga bergan intervyusidan parçani keltirgan.
Boşqa bir tvitda u 12 iyun kuni Singapurda bölib ötgan sammit vaqtida Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan yaxşi munosabatlar örnatganini aytib ötdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In Singapurdagi sammitdan söng darhol KXDRga yetib borgani xabar qilingandi.













