Fransiya hukumati Eyfel minorasini öq ötkazmaydigan şişa bilan himoya qilmoqçi, bu ham turistik obektni, ham unga yaqin bölgan hududni terrorçilik hujumlaridan asraş uçun amalga oşiriladi, deb xabar bermoqda BBC.

Foto: REUTERS

Aniqlik kiritilişiça, qalinligi 6,5 sm bölgan öq ötkazmaydigan şişa diqqatga sazovor joyni ikki tomondan himoya qiladi, boşqa ikki tomon esa metall panjara bilan örab olinadi.

Telekompaniya ma'lumotlariga köra, tösiq yonida yana 420ta maxsus blok qöyiladi, ular odamlarni avtomobil hujumidan himoya qilişda qöl kelişi kerak.

Umumiy qiymati 35 mln yevro bölgan bu konstruksiyalarning barini iyul oyi örtalariga qadar örnatiş rejalaştirilmoqda.

Ta'kidlanişiça, hozirgi paytda minorani vaqtinçalik himoya tösiqlari örab turibdi, ular 2016 yilning iyulida örnatilgan.