Gruziya prezidenti Georgiy Margvelaşvili juma kuni Mamuka Baxtadze nomzodini parlamentga taqdim etiş haqidagi farmoyişni imzoladi. Baxtadze respublika boş vaziri lavozimiga tasdiqlanişi mumkin. Bu haqda uşbu davlat matbuot xizmati xabar bergan.
"Parlamentdagi köpçilik Mamuka Baxtadze nomzodini Gruziya boş vaziri lavozimiga taqdim etdi, bu mamlakat Konstitutsiyasining 801-moddasi bandiga muvofiq yuz berdi. Prezident parlamentga Mamuka Baxtadze nomzodini boş vazir lavozimiga tasdiqlaş uçun kiritdi", - deyiladi prezident farmoyişida.
Bundan avval prezidentning parlament kotibi Anna Natsvlişvili “parlamentdagi köpçilik Mamuka Baxtadzeni boş vazir lavozimiga nomzod sifatida tanlagani hamda uning nomzodini prezidentga taqdim etgani, davlat rahbari Georgiy Margvelaşvili esa Baxtadze nomzodini parlamentga tasdiqlaş uçun kiritişini" ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlaşiça, Margvelaşvili juma kuni keçqurun Baxtadze nomzodini parlamentga kiritiş haqidagi farmoyişni imzolaydi.

















