AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan uçraşuvi şu yil yozda bölib ötişi mumkin. Bu haqda CBS xabar bermoqda.

«Bizning özaro uçraşişimiz ehtimolga juda yaqin», - dedi Tramp undan Putin bilan şu yil yozda uçraşiş ehtimoli qanday ekani haqida söraşganida.

Avvalroq, Putin Tramp bilan uçraşuv «bölişi bilan, darhol» amalga oşişi haqida ma'lum qilgandi. Uning sözlariga köra, u Amerika tomoni bunga tayyor bölişi bilan yuz beradi.

Eslatib ötamiz, bundan avval Tramp özining Rossiya tarafdori emasligini ma'lum qilgandi.