Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp «Rossiya ishi» bo‘yicha sudlanganlarni afv etmaydi
AQSh prezidenti Donald Trampning advokati Rudolf Juliani so‘zlariga ko‘ra, Amerika yetakchisi Rossiyaning 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashuvi bo‘yicha ish yuzasidan sudlangan shaxslarni afv etmaydi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
«Tramp bu surishtiruvda nomi zikr etilgan hech kimni afv etmaydi», - deya aytib o‘tdi Juliani.
Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp surishtiruv ishlari yakunida unga sud xatosi haqida xabar berishsa, bunday alohida huquqdan foydalanishi ham mumkin.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Trampga Rossiya ishi bo‘yicha sudlanganlarni afv etmaslik haqida shaxsan o‘zi maslahat bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh sobiq prezidenti Klinton Rossiyadan nega darg‘azab bo‘lganini aytgandi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026