AQŞ prezidenti Donald Tramp va Fransiya yetakçisi Emmanuel Makron özaro telefon muloqoti ötkazdi. Bu haqda Yelisey saroyi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Tomonlar Singapurdagi sammitdan söng Şimoliy Koreya bilan boğliq vaziyatni, şuningdek, Suriya va Eron masalasini muhokama qilişdi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanişiça, yetakçilar xalqaro kun tartibiga doir qator muhim mavzularni, xususan, savdo siyosatini ham muhokama qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq fransuzlar Trampni tajovuzkor va xavfli, deb hisoblaşayotgani xabar berilgandi.