Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Noruda foydali qazilmalarni öz içiga olgan yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqiga litsenziyalar beriş tartibini takomillaştiriş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan noruda foydali qazilmalarni öz içiga olgan yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqiga litsenziyalar beriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Özbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi:

noruda foydali qazilmalarni öz içiga olgan yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqiga litsenziyalar berişni uşbu qarorga qat'iy muvofiq amalga oşiradi;

noruda foydali qazilmalarni öz içiga olgan yer qa'ri uçastkalaridan maqsadli foydalanilişi va oqilona özlaştirilişi yuzasidan amaliy nazorat qilinişini ta'minlaydi;

Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda noruda foydali qazilmalarni öz içiga olgan yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqiga litsenziyalar oliş uçun buyurtmanomalar berişning elektron tizimini joriy etadi.

Belgilab qöyilişiça: 

noruda foydali qazilmalarni öz içiga olgan yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqiga litsenziyalarni oliş uçun oldin berilgan buyurtmanomalarni körib çiqiş noruda foydali qazilmalarni öz içiga olgan yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqiga litsenziyalarni berişning uşbu qaror bilan belgilangan tartibiga muvofiq yakuniga yetkaziladi;

ğoliblari oldin ötkazilgan oçiq savdolarda aniqlangan noruda foydali qazilmalarni öz içiga olgan yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqi uçun litsenziyalarni beriş uşbu qarorga muvofiq ular tomondan moliyaviy taklif summasi Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga tölanganidan söng belgilangan muddatlarda amalga oşiriladi.

Noruda foydali qazilmalarni öz içiga olgan yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqiga litsenziyalar beriş tartibi töğrisidagi nizomga köra, geologik örganiş uçun yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqini beruvçi litsenziya tadbirkorlik tavakkalçiligi şartlarida (yer qa'ridan foydalanuvçining öz mablağlari hisobiga) noruda foydali qazilmalar konlarini izlaş, baholaş, qidirişga oid huquqni tasdiqlaydi.

Mineral-xomaşyo bazani rivojlantiriş va töldiriş davlat dasturlari doirasida Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti va taşkilotlarning öz mablağlari hisobiga geologik örganiş uçun yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş xuquqi yuzaga kelişiga belgilangan tartibda tasdiqlangan yer qa'rini geologik örganişga doir loyiha-smeta hujjatlari asos hisoblanadi.