AQŞ Şimoliy Koreyaning töliq yadroviy qurolsizlantirilişi böyiça kelişuv doirasida Pxenyanga 47 ta banddan iborat talablarni qöydi. Bu haqda Yaponiya taşqi işlar vaziri Taro Kononing intervyusiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Kononing aytişiça, AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo Vaşington “töliq yadroviy qurolsizlantiriş” deganda yadroviy va ommaviy qirğin qurollarining boşqa turlari hamda raketalar va tegişli obektlarning yöq qilinişini nazarda tutişini Şimoliy Koreya e'tiboriga yetkazib qöygan.
“Şu bilan boğliq holda Şimoliy Koreyaga 47 ta banddan iborat talablar qöyilgan. Agar talablar bajarilmasa, unda Şimoliy Koreyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar bekor qilinmaydi”, deb aytgan Kono.












