AQŞ Davlat departamenti va Xalqaro taraqqiyot böyiça agentlik «Oq kaskalar» taşkiloti hamda Suriya hududidagi jinoyatlarni suriştiruvdan ötkaziş böyiça BMT mexanizmini moliyalaştiriş uçun 6,6 mln dollar ajratiş haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Amerika taşqi siyosat idorasi vakili Xizer Nauert xabar bergan.

Nauertning sözlariga köra, bunday qaror davlat rahbari Donald Tramp tomonidan qabul qilindi.

«AQŞ hukumati Suriya mojarosi boşlanganidan beri 100 mingdan ortiq inson hayotini qutqarib qolgan «Oq kaskalar»ni qat'iy qöllab-quvvatlaydi», - deyiladi bayonotda.

Şuningdek, Suriyadagi jinoyatlarni suriştiruvdan ötkaziş böyiça BMT mexanizmiga e'tibor qaratilgan. U mintaqada 2011 yilning mart oyidan beri sodir bölgan jinoyatlarni tergovdan ötkazişda juda muhim ahamiyatga ega.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Suriya hukumatini ogohlantirgandi.