AQŞdan ma'lum qilişlariça, KXDRda yadro raketalari va quroli işlab çiqişda foydalaniluvçi taxminan 3 mingta obekt hamda inşootlar bor. Bu haqda Janubiy Koreyaning «Munxva ilbo» gazetasi Amerika hukumati ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, bunday ma'lumot sun'iy yöldoş suratlari asosida olingan. Şu bilan birga, KXDR yadro va raketa obektlarini tekşiriş hamda inspeksiyadan ötkaziş vaqtida yaşirin inşootlar borligi aniqlansa, turli körinişdagi muşkulliklar ham kelib çiqişi mumkin.
Bundan taşqari, ta'kidlanişiça, Amerika va Şimoliy Koreya tomoni örtasida yadrosizlaniş böyiça muzokaralar «juda köp vaqtni talab etadi».
Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In yana bir davlat yetakçisi bilan uçraşişi mumkin ekani xabar qilingandi.












