Bugunga qadar Yamanda hukumat va "Ansorulloh" harakati örtasida tinçlik örnatişning real imkoniyatlari bölmagan. Mamlakat prezidenti maslahatçisi Abdulmalik Al-Mixlafiy Twitter'da şu haqida xabar berdi.

"Yaman xalqi tinçlikni talab qilmoqda, hukumat ham, arab koalitsiyasi ham şunga erişiş tarafdori", - deb yozadi Mixlafiy. 

Maslahatçining hisoblaşiça, faqatgina "Ansorulloh" harakati isyonçilari qurolsizlantirilganidan keyingina Yamanda tinçlik haqida gapiriş mumkin böladi.

Al-Mixlafiy bundan avval xusiylar BMTning Yamandagi maxsus elçisi Martin Griffit tomonidan taklif qilingan tinçlik şartlariga rozi bölişmaganini yodga soldi. 

Yamanda 2014 yildan buyon qurolli nizolar davom etib kelmoqda. Unda bir tomondan - "Ansorulloh" şia harakati isyonçilari, ikkinçi tomondan - sobiq prezident Ali Abdulloh Solihning tarafdorlari, yana boşqa tomondan esa amaldagi prezident Abdurabbu Mansur Xadiyga xizmat qiluvçi hukumat qöşini iştirok etmoqda.