BMTning din va e'tiqod erkinligi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahid Özbekistonda diniy sohada olib borilayotgan islohotlarni qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Şahid janoblari forumda iştirok etgan KUN.UZ muxbiri savoliga javob berar ekan, 2017 yil kuzida Özbekistonga taşrif buyurgani va hukumat tomonidan diniy sohada rejalaştirilayotgan islohotlar “yöl xaritasi” bilan tanişib çiqqanini ta'kidladi. 

Germaniyaning Bonn şahrida Deutsche Welle teleradiokompaniyasi taşabbusi bilan Global Media Forum bölib ötgani haqida xabar berilgan edi. Uning ikkinçi kunida BMT Inson huquqlari böyiça kengaşining din yoki e'tiqod erkinligi masalalari böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahid ham iştirok etdi va anjuman qatnaşçilarini qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Xususan, KUN.UZ muxbiri “Özbekistondagi diniy islohotlarni qanday baholaysiz?”, degan savol bilan murojaat qildi. BMT Inson huquqlari böyiça kengaşining din yoki e'tiqod erkinligi masalalari böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahid quyidagiça javob qaytardi:

“Men ötgan yili (2017 yil 2-12 oktabr kunlari – tahr.) Özbekistonda böldim va mamlakatingizdagi diniy erkinlik sohasidagi holat bilan tanişdim. Mamlakat hukumatining bu borada amalga oşirişi belgilangan rejalari bilan tanişdim. Özbekiston parlamenti şu maqsadda hukumatning “yöl xaritasi”ni ham qabul qildi. Menimça, mamlakatda diniy erkinliklarni ta'minlaş sohasida ham ulkan ijobiy imkoniyatlar paydo bölmoqda”, - dedi Ahmad Şahid. 

BMT eksperti 2017 yil 2-12  oktabrda bölgan taşrifidan söng qabul qilingan “yul xaritasi” xaqida gapirib, “Yöl xaritasi tasdiqlanganini mamnuniyat bilan qabul qildim, çunki bu mamlakatdagi vaziyatni yaxşilaşga va barça uçun din yoki e'tiqod erkinligini ta'minlaşga bölgan siyosiy xohişni ifodalaydi”, -deya ta'kidladi.  

“Yöl xaritasi” 12ta tavsiyadan iborat. U mazkur tavsiyalarni hayotga tatbiq etiş mexanizmlari, muddatlari, mas'ul idoralar hamda kutilayotgan natijalarni nazarda tutadi.