Sport | 00:10 / 18.06.2018
7465
2 daqiqa o‘qiladi

Lyov: «Mag‘lubiyatdan tushkunlikka tushmaymiz, guruhdan albatta chiqamiz»

Foto: Twitter/DFB_Team_EN

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov JCh-2018 guruh bosqichi uchrashuvida Meksikaga mag‘lubiyatdan so‘ng jurnalistlarga o‘z terma jamoasi albatta pley-offga yo‘l olishini aytib o‘tdi. 

Moskvadagi «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tgan F guruhi uchrashuvi meksikaliklarning minimal g‘alabasi bilan yakun topdi — 1:0.

«Ha, bu birinchi mag‘lubiyat. Ba'zan shunaqasi ham bo‘lib turadi, doimo nimadir ilk marta ro‘y beradi. Shunchaki, biz bugun avvalgidek o‘ynay olmadik. Lekin bu biz parokanda bo‘lamiz, degani emas, buning uchun sabab ko‘rmayapman. Biz o‘z taktik chizig‘imizga sodiq qolamiz va guruhdan chiqamiz», — dedi Lyov.

«Nemis futbolchilari keyingi o‘yinlar oldidan Meksikadan uchralgan mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishlari lozim», — dedi yana Lyov matbuot anjumanida.

Keyingi o‘yinda Germaniya terma jamoasi Shvetsiya termasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 23 iyun kuni Sochidagi «Fisht» olimpiya stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid