Sport | 00:37 / 18.06.2018
17495
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Germaniya ustidan g‘alaba sirini oshkor etdi

Foto: El Tabloide

Moskvadagi «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tgan, Meksika terma jamoasining nemis futbolchilari ustidan minimal g‘alabasi bilan yakunlangan JCh-2018 «F» guruhi uchrashuvidan so‘ng, Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Karlos Osorio o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba sababini aytib o‘tdi.

«Meksika terma jamoasining Germaniya terma jamoasi ustidan guruh bosqichi uchrashuvida g‘alaba qozonganiga sabab — ular jahonning amaldagi chempioniga qarshi o‘ynashdan qo‘rqishmadi», — dedi jurnalistlarga Meksika bosh murabbiyi Xuan Karlos Osorio.

«Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yagona golni o‘yinning 35-daqiqasida Irving Losano urdi.

Meksika terma jamoasi keyingi uchrashuvni 23 iyun kuni «Rostov arena»da Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Mavzuga oid