18:05 / 18.06.2018
9960

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga hujjat topshirish jarayoni boshlandi 

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga hujjat topshirish jarayoni boshlandi.

Qabul komissiyasi Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 9-uy (Inha universiteti)da joylashgan. 

Joriy yilning 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tavsiyasi asosida Universitetning tegishli ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlarni oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish kirish test sinovlari bilan bir qatorda ularning kasb layoqatini aniqlashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon (yozma va suhbat shaklida) o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zMU va O‘zDJTUda «Jurnalistika» ta'lim yo‘nalishi va uning negizidagi magistratura mutaxassisliklari, shu jumladan, «Oliy jurnalistika kurslari» bo‘yicha qabul to‘xtatiladi hamda ushbu ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha ta'lim olayotgan talabalar o‘qishni bitirgunlariga qadar mazkur oliy ta'lim muassasalarida o‘qishini davom ettiradilar.

Sirtqi ta'lim shakli bo‘yicha qabul kvotalari 2018/2019 o‘quv yilida Universitet bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari uchun belgilangan qabul kvotalarining 30 foizigacha bo‘lgan miqdorda belgilanadi.

Joriy yilning 28 may kuni esa Xalqaro Press klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga rektor etib tayinlangani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top