2017 yilda uçinçi davlatlardan 728 mingdan köproq odam Yevropa ittifoqi davlatlarida va ittifoq bilan uyuşgan Norvegiya hamda Şveytsariyada boşpana söragan. Bu haqda 18 iyunda Yevropaning boşpana taqdim qiliş böyiça idorasi EASO ma'lum qildi. 

Idora ma'lumotlariga köra, 2016 yilga nisbatan boşpana sörovçilar soni 44 foizga kamaygan. 2016 yilda 1,3 mln kişi boşpana söragan. 

2018 yilning ilk 4 oyida 197 ming kişi Yevropa ittifoqida qoçqin maqomi berilişini söragan, bu esa oxirgi 3 yil içidagi eng past körsatkiç hisoblanadi.

EASO ma'lumotlariga köra, boşpana söraganlar orasida Suriya, Iroq va Afğoniston fuqarolari köpçilikni taşkil qiladi. Qoçqinlar tomonidan esa Germaniya, Italiya, Fransiya, Gretsiya va Ispaniyada qönim topişga qiziqiş köproq bölgan.