Italiyalik karabinerlar 1987 yilda öğirlab ketilgan mopedni egasiga qaytarişdi. Bu haqda mahalliy OAV ma'lum qildi. 

Ta'kidlanişiça, moped öğirlab ketilganda uning egasi 17 yoşda bölgan, hozirda esa u 48 yoşda.

Ötgan asrning 80-yillarida italiyalik maktab öquvçilarining orzusi hisoblangan Piaggio firmasi mopedi tintuv vaqtida 37 yoşli sobiq jinoyatçida aniqlangan. Havorang mopedning na davlat raqami, na hujjati bölgan, biroq karabinerlar uni ramasidagi raqami orqali kimga tegişli ekanini aniqlay olişgan.

Karabinerlar mopedning asl egasi bilan telefon orqali aloqaga çiqişgan. Erkak “temir toyçoğini” tezroq qaytarib oliş uçun özi yaşaydigan Paviya şahridan moped topilgan Titstsano-Val-Parmagaça 150 km yölni bosib ötişga tayyorligini aytgan.